Superliga. Tur murabbiyi - Dilyaver Vaniev

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2020
Coca Cola Superligada 9-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Video Superliga. Tur goli - Sharof Muhitdinov

Ortda qolgan 9-turning eng yaxshi murabbiyi deb "Mashal" ustozi Dilyaver Vaniev topildi. Muborakliklar Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lishdi. Uchrashuvda Najmiddin Normurodovning 71-daqiqada jarimadan kiritgan goli mehmonlarga qimmatli 3 ochkoni taqdim etdi. Yuqori darajali o'yinchilarsiz, kamiga ketma-ket mehmonda o'ynashga majbur bo'layotgan muborakliklar uchun bu juda muhim g'alaba bo'ldi. Jamoa a'zolari 3 karra chempionlarni taslim etishganidan keyin buni o'zgacha quvonch bilan nishonlashdi. shuning o'zi g'alaba ular uchun qanchalik qadrli bo'lganini anglatadi.

Shu tariqa, "Lokomotiv"ni mehmonda mag'lub etgan "Mashal" sarboni 9-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Video Dilyaver Vaniev: "Mashal" "Lokomotiv"ni oxirgi marotaba mag'lub etganida men futbolchi edim


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia