Superliga. Tur futbolchisi - Farruh Sayfiev

Tolibjon Qosimov
8 iyul 2020, 17:14
Coca Cola Superligada 8-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Superliga. Tur murabbiyi - Vadim Abramov


Ortda qolgan 8-turning eng yaxshi futbolchisi deb "Paxtakor" a'zosi Farruh Sayfiev topildi. "Sherlar" o'z maydonlarida "Mashal"ni qabul qilishdi. Chap qanot himoyachisi Eren Derdiyokning ikkala goliga ham chiroyli pas berdi va o'yin davomida faolligi bilan ajralib turdi.

Shu tariqa, golli pas berishda dubl qayd etgan Farruh Sayfiev 8-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia