Superliga. "Navbahor" "Paxtakor" maydonida irodali durangga erishdi

Narzulla Saydullayev
11 may 2019, 21:42
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 2-daqiqasida mehmonlar jarima to'piga ega bo'lishdi, Solovyovning to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini Quvvatov ushlab oldi.  8-daqiqada Hamdamovning oshirgan to'pini Bikmaev darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

20-daqiqada chap qanotdan Sayfiev uzatgan to'pni Cheran yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

25-daqiqada Masharipov va Cheran ijrosidagi hujumni Dragan zarba bilan yakunladi, O'tkir Yusupov to'pni qaytardi. 

33-daqiqada hisob tenglashishi mumkin edi, Oston O'runovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Azimjon Ahmedov darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

42-daqiqada Masharipov havodan oshirgan to'pini Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar Yusupov ajoyib seyv namoyish etdi.

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

50-daqiqada Hamdamov o'ng qanotdan to'pni oshirdi, Bikmaevning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. 

52-daqiqada bosh hakam "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Mirzohid G'ofurov Hamdamovni yiqitgan deb topildi. Dragan Cheran penaltidan gol urdi - 2:0. 

57-daqiqada Sayfievning kuchli zarbasini Yusupov qaytardi.

59-daqiqada Abbos G'ulomovning chap qanotdan oshirgan to'pini Oston O'runov darvozaga aniq yo'lladi - 2:1. 

63-daqiqada "Navbahor"ning navbatdagi hujumlaridan birida Aleksandr Kasyanning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

76-daqiqada Sergeevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Yusupov bartaraf etdi. 

82-daqiqada o'ng qanotdan Oston O'runov uzatgan to'pni Abdujamol Isroilov boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 2:2. 

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. 



“PAXTAKOR” – “NAVBAHOR” 2:2
11 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 11918 tomoshabin.
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Farhod Abdullaev.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Dragan Cheran 20, - 1:0 (Farruh Sayfiev). Dragan Cheran 53 penalti, - 2:0. Oston O'runov 59, - 2:1 (Abbos G'ulomov). Abdujamol Isroilov 82, - 2:2.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Egor Krimec (s), Marko Simich, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmaev (Igor Sergeev, 75)
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akrom Komilov, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov, Shohruh Mahmudhojiev, Sherzod A'zamov, Vladimir Kozak, Sobit Sindarov

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Slavko Lukich (Obid Jo'raboev, 43) (Shahzod Shaymanov, 90+2), Igor Golban, Jahongir Mehmonov (s), Mirzohid G'ofurov, Oston O'runov, Azimjon Ahmedov, Abdujamol Isroilov, Ivan Solovyov, Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov, 78), Aleksandr Kasyan
Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Bahodir Nasimov, Xojiakbar Yunusov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Slavko Lukich 29, Aleksandr Kasyan 36, Abdujamol Isroilov 45, Ivan Solovyov 49, Egor Krimec 61, Farruh Sayfiev 68, O'tkir Yusupov 90+3.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia