Superliga. "Olimpik" bir kishi kam AGMKni kichik hisobda dog'da qoldirib, mavsumdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2022
Coca Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Olimpik" – AGMK uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Superliga, 12-tur

"Olimpik" - AGMK 1:0  

22 iyun, 2022 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 20:00

Gol: Muhammadali G'iyosov (Temur Mamasidiqov) 50'

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Shohruh A'zamov, Shohnur Yo'ldoshev, Akmal Rahimov

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Andrey Sapenko

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Oybek Yunusov 

"Olimpik": 1.Shukron Yo'ldoshev, 6.Behzod Shamsiev, 9.Temur Mamasidiqov (8.Bektemir Abdumannonov, 58), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 84), 17.Jaloliddin Sodiqov (2.Saidazamat Mirsaidov, 90), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 28.Sunnatilloh Hamidjonov, 37.Alisher Odilov (99.Muhammadali G'iyosov, 46), 44.Shahzod Toirov, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Davron Anvarov (10.Farrux Muxtorov, 58)

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 20.Diyorbek Ortiqboev, 30.Shaxzodbek Rahmatullaev, 47.Humoyun Sherbo'taev

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (2.Akrom Komilov, 46), 5.Anzur Ismoilov, 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Murod Toshmatov (7.Dilshodbek Ahmadaliev, 67), 17.Sanjar Tursunov (15.Andrey Mishenko, 46), 22.Shohruh Gadoev, 27.Martin Boake, 88.Siyavush Haqnazariy (23.Aleksandr Kasyan, 86)

Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 45.Jamoliddin Hikmatov, 9.Zafar Polvonov, 31.Ahmadjon Muqimjonov, 77.Nodir Abdurazzoqov

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov (4),Sanjar Tursunov (18), Muhammadaziz Ibrohimov (72), Shahzod Toirov (90+6).

Chetlatishlar: Sardor Rahmonov (40), Mirjalol Qosimov (69, AGMK bosh murabbiyi)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

BAHS YAKUNLANDI!

90+6. Shahzod Toirov to'pni qo'li bilagn o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

90+4. AGMK bosimni oshirib, hujum uyushtirmoqda. 

90+1. Zarbaaa! Xoldorxonovning zarbasini Ergashev qaytarishga erishdi. 

90. "Olimpik"da o'zgarish: Sodiqov o'rniga Mirsaidov maydonga tushdi. 

Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uuuuuux! Bektemir Abdumannonov qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. To'p darvoza ustuniga tegib, unga kelgandi.

86. AGMKda o'zgarish: Siyavush Haqnazariy o'rniga Aleksandr Kasyan o'yinni davom ettiradi. 

84. "Olimpik"da o'zgarish: Jo'raqo'ziev o'rniga Xoldorxonov tushirildi.

80. Uuuux! Ahmadalievning uzatmasidan so'ng Anzur Ismoilov bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq.

76. Zarbaaaa! Martin Boakening qulay pasidan keyin Xurshid G'iyosov zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida!

72. Muhammadaziz Ibrohimov hakam tomonidan ogohlantirildi. 

69. QIZIL KARTOCHKA! AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hakam tomonidan chetlatildi

67. AGMKda almashtirish: Toshmatov o'rniga Ahmadaliev o'yinga qo'shildi. 

63. O'yin jiddiy kurashlarga boy tarzda davom etmoqda.

58. "Olimpik" safida 2 ta o'zgarish: Temur Mamasidiqov o'rniga Bektemir Abdumannonov, Davron Anvarov o'rniga Farrux Muxtorov tushirildi.

57. Jo'raqo'ziev gol urdi, biroq o'yindan tashqari holat kuzatildi. 

55. AGMK muvozanatni tiklashga, "Olimpik" esa hisobni oshirishga harakatni boshladi. 

50. GOOOOOOOOOOOL! Zaxiradan maydonga tushgan Muhammadali G'iyosov hisobni ochdi!


46. AGMKda 2 ta almashtirish: Tursunov o'rniga Mishenko, Qosimov o'rniga Komilov maydonga tushirildi.

46. "Olimpik"da o'zgarish: Alisher Odilov o'rniga Muhammadali G'iyosov tushdi. 

Birinchi taym nihoyasiga etdi.

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.

40. Sardor Rahmonov Alisher Odilovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.


40. O'ziga xos kombinaciyadan so'ng "Olimpik"chilar a'zosi Davron Anvarov to'pni uzoqlashtirib yubordi. 

35. Jo'raqo'ziev hisobni ochishga erishdi, ammo ofsayd borligi qayd etildi.

31. Zarba!  Gadoevning zarbasi ancha noaniq ketdi.

30. Futbolchilar kichik tanaffusdan unumli foydalanib, suv ichib olishdi.

26. Zarbaaa! Alisher Odilov aldamchi harakatlar orqali Anzur Ismoilovni aldab o'tdi va zarbab erdi. Botirali Ergashev uni qaytardi! 

Taniqli futbol vakillari bugungi uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilishmoqda

21. Muhammadaziz Ibrohimov Martin Boakega nisbatan qoidani buzdi. AGMK standart vaziyatni o'yinga kiritgach, to'p raqib posboniga kelib tushdi. 

18. Sanjar Tursunov tomonidan ishlatilgan qo'pollik VARda ko'rildi va olmaliqliklar sardori sariq kartochka bilan jazolandi.

15. Zarbaaa!  Xurshid G'iyosovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

11. Siyavush Haqnazariyning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Shukron Yo'ldoshev sergak turgani oydinlashdi. U to'pni maydon tashqarisiga musht bilan urib yubordi. 

10. Zarbaaaaa!  Temur Mamasidiqovning erlatib yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

8. Temur Mamasidiqov Sanjar Tursunovgi nisbatan qoidani buzdi. 

4. Sardor Rahmonov qo'pollik ko'rsatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

1. Zarba! Shahzod Toirov zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. 

1. O'yin boshlandi!

Foto: Jahongir Fayzullaev 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia