Superliga. "Metallurg" Namanganda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
19 may 2019
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 2-daqiqasida Islombek Isoqjonovning jarimadan yo'llagan zarbasini himoyachilar qaytarishdi. Burchakdan oshirilgan to'pga esa hech kim yetib kela olmadi.

10-daqiqada Abbos Otaxonovning olis masofadan zarbasi, to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

14-daqiqada "Metallurg"da zo'r imkoniyat, avvaliga Bahodir Pardaev, so'ngra Suhrob Nurulloev to'pni darvozaga to'g'rilay olmadi.

16-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

19-daqiqada Aleksandr Kasyanning bosh bilan zarbasini Aleksandr Lobanov qaytardi.

41-daqiqada mezbonlarda jarima to'pi. Yo'llangan zarbani Lobanov ushlab oldi. 

55-daqiqada Aleksandr Kasyanning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni  tark etdi.

60-daqiqada Golbanning bosh bilan zarbasi juda xavfli bo'ldi. 

61-daqiqada Bahrom Abdurahimov jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, Ermatov o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

73-daqiqada Ibrohim Yo'ldoshevning bosh bilan zarbasi noaniq bo'ldi. 

77-daqiqada Oston O'runovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

79-daqiqada Suhrob Nurulloevning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon O'tkir Yusupov ushlab oldi. 

84-daqiqada Islom Isoqjonovning zarbasidan keyin to'p himoyachining oyog'idan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

87-daqiqada Islom Isoqjonovning o'tkir burchak ostida tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

90+1-daqiqada Stanislav Andreevning zarbasini Yusupov qaytardi. 

O'yinda 0:0 hisobi qayd etildi. 



NAVBAHOR - METALLURG 0:0
19 may 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 9132 tomoshabin.
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: Andrey Klepikov.
Komissar: Sherzod Rajabov.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Oston O'runov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov (Bahodir Nasimov, 81), Aleksandr Kasyan, Obid Jo'rboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov, 69)
Zaxiradagilar: 23.Dilshod Hamroev, 25.Mirzohid Mamatxanov, 5.Slavko Lukich, 8.Shahzod Shaymanov, 15.Obid Jo'raboev, 29.Hojiakbar Yunusov, 55.G'iyosjon Komilov, 90.Zafar To'raev

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Shavkat Mullajonov, 80), Suhrob Nurulloev, Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andrev, Akbar Ismatullaev, Muhammad Isaev (Sergey Tumasyan, 70), Bahodir Pardaev

Zaxiradagilar: 1.Zafar Safoev, 9.Mahmudjon Qudratullaev, 19.Doniyor Usmonov, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 33.Odilbek Abdumajitov,

Ogohlantirishlar: Bahrom Abdurahimov 27, Muhammad Isaev 40, Mirzohid G'ofurov 69, Ibrohim Yo'ldoshev 74, Aleksandr Kasyan 85, Akbarjon Ismatullaev 90+2, Aleksandr Lobanov 90+3.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia