Superliga. "Nasaf", "Dinamo", "Bunyodkor" va "Neftchi" mehmonda yutqazmayapti

Sherzod Nurmatov
7 avg 2025, 15:28
Superliganing ekvatoridan o'tdik, mavsumning ikkinchi qismi ham qizg'in ravishda davom etmoqda.

Chempionatning 17-turiga kelib turnir jadvalida hamon nol raqamlari borligini ko'rishimiz mumkin. Mehmonda qo'lga kiritilayotgan natijalarga e'tibor qaratamiz. Ayni paytga kelib faqatgina "Nasaf", "Dinamo", "Neftchi" va "Bunyodkor" safar uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchragani yo'q. 

"Buxoro" va "Xorazm" barcha uchrashuvlarini neytral maydonda o'tkazmoqda. Shunday bo'lsa-da, rasmiy jihatdan mezbon va mehmon maqomiga ajartish to'g'ri hisoblanadi. Bu yil raqib maydonida "So'g'diyona" va "Sho'rtan" g'alaba qozona olmayapti. Ivan Boshkovich shogirdlari 9 uchrashuvning 6 tasida mag'lubiyat, 3 tasida durang qayd etdi. G'uzorliklar esa 5 bor engilgan bo'lsa, 3 ta uchrashuvda bir ochkodan qo'lga kiritdi.

"Qo'qon-1912" mehmondagi 8 uchrashuvning 1 tasida g'alabani tantana qildi ("Bunyodkor", 2:1)

Oldinda mavsumning qolgan bahslari kutmoqda. Mavsum yakunida yuqoridagi ko'rsatkichlar yana o'zgarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia