Superliga. Ikkinchi bosqichga qachon qur'a tashlanishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
20 avg 2018, 16:09
O'zbekiston Superligasida birinchi bosqich yakuniga etdi.

Jamoalar endi 6tadan 2ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi.

Jamoalar endi o'z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10ta uchrashuv o'tkazishadi.

Jon saqlash yo'lida oxirgi o'rinni olgan jamoa Pro-ligaga yo'l oladi. Jon saqlash yo'lida 4 va 5-o'rinni egallaydigan klublar esa o'tish o'yinlarida qatnashadi.

Superliganing hal qiluvchi bosqichi 13 sentyabr kuni start oladi. Keyingi bosqichning qur'a tashlash marosimi esa 28 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia