Superliga. Eng ko'p muxlis Namanganda, eng kami esa...

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022, 21:07
Xabaringiz bor, Superliga klublari yozgi tatilni o'tkazishmoqda.

Birinchi davrada eng ko'p tomoshabin Namanganda, "Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuviga tashrif buyurgan. Superliganing 7-turidan o'rin olgan mazkur o'yinni 26 231 muxlis bevosita stadiondan tomosha qilgan. 

Eng kam ishqiboz esa Olmaliqqa tashrif buyurgan. Mazkur maydonda vaqtinchalik uy o'yinlarini o'tkazib turgan Termizning "Surxon" klubi va "Neftchi" o'rtasidagi to'qnashuvni atigi 208 kishi stadiondan kuzatib borgan.

Ikkinchi davrada sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlagani stadionga tashrif buyurasizmi?

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia