Superliga. "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvida hisob ochilmadi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2019, 21:53
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

O'yinning 15-daqiqasida mezbonlarning navbatdagi hujumlaridan so'ng, to'pni darvozabon O'tkir Yusupov ushlab oldi. 19-daqiqada Aleksandr Kasyanning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

28-daqiqada Azimjon Ahmedovning jarima zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

44-daqiqada Ivan Solovyovning zarbasi noaniq chiqdi.

52-daqiqada Azimjon Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

60-daqiqada Aleksandr Kasyanning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi! 

78-daqiqada Andrey Sidorovning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni O'tkir Yusupov ushlab oldi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.


“Buxoro” – “Navbahor” 0:0
30 iyul 2019 yil. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, R. Choriev
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

“Buxoro”: 35.Rahimjon Davronov,5.Bobirjon Amanov, 8.Salamat Qutiboev, 9. Asadbek Sobirjonov, 11. Akobir To'raev (71.Andrey Sidorov, 66), 14.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Shodmonov, 28.Ergash Ismoilov, 80. Milovan Kapor, 81. Fatxullo Fatxulloev, 90.Artyom Kulesha.
Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 4.Mirjalol Jumaev, 17.Jamoliddin Ubaydulloev, 22.Behruz Sadilloev, 33.Tohirjon Shamsitdinov, 50.Murodbek Bobojonov, 72.Davronbek Umirov, 87.Anvarjon Jo'raev.

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev, 11. Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo'raboev,19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 32.Jahongir Mehmonov, 66.Ilhom Alijonov, 99.Amirbek Jo'raboev.
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 4.Aziz Ibragimov, 8.Shahzod Shaymanov, 34.Komiljon Tojiddinov, 55.G'iyosjon Komilov, 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Ayubxon Nomanov, 91.Sherzod Hakimov, 95.Nodir Mavlonov.

Ogohlantirishlar: Amirbek Jo'raboev 54, Mirzohid G'ofurov 67.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia