Superliga. "Bunyodkor" "Navbahor"ni taslim qildi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018, 21:50
Superliganig 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


Uchrashuv boshlandi.

2-daqiqa. Ro'zimboy Ahmedovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq.

4-daqiqa. Javlon Ibrohimovning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

10-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Ibrohimovning zarbasidan keyin to'pni darvozabon Ergashev ushlab oldi.

16-daqiqa. Karimovning zarbasidan keyin to'pni Zuhurov ushlab oldi.

19-daqiqa. Nomanovning zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

23-daqiqa. Turg'unboevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Mazkur o'yinni O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper kuzatmoqda.

29-daqiqa. Dilshod Jo'raevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

31-daqiqada burchak to'pidan keyin Azizbek Haydarov yaqin masofadan gol urdi - 1:0. 

38-daqiqa. Turg'unboevning chap tarafdan yo'llagan zarbasini Zuhurov qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

42-daqiqa. Oston O'runov chap tarafdan darvoza tomon yorib kirdi. Lekin so'nggi pallada uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Birinchi taym tugadi. 

51-daqiqa. Turg'unboevning zarbasidan keyin to'pni Zuhurov ushlab  oldi

60-daqiqada Abdulla Abdullaev gol urdi - 2:0.

70-daqiqada Sulaymonovning zarbasidan keyin to'pni Zuhurov qaytarishga intilib, qo'lidan chiqarib yubordi.Ammo futbolchilardan hech kim to'pga yetib kela olmadi.

74-daqiqa. Sherzod Karimovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

82-daqiqa. Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

O'yinda "Bunyodkor" g'alaba qozondi. 



 


20:00 - "Bunyodkor" - "Navbahor" 2:0

Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, To'rabek Suyunov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Azizbek Haydarov 31, - 1:0. Abdulla Abdullaev 60, - 2:0.

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Jo'raev, Dilshod AHmadaliev, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo'jaev, Xurshid G'iyosov (Mirjahon Mirahmadov, 80), Azizbek Haydarov (Abdulla Abdullaev, 54)
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Islomjon Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Farrux Ikromov, Mirg'iyos Sulaymoov, Rasul Yo'ldoshev, Filip Rayevac

"Navbahor": 
Botirali Ergashev, Igor Golban, Oston O'runov, Sherzod Karimov, Ayubxon No'monov (Darko Nikach, 46), Azizbek Turg'unboev, Mirzohid G'ofurov, A'zamjon Aliev, Ro'zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 62), Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov
Zaxira: Akbar To'raev, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedaev, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich, Muzaffar Abdullaev, Sarvar Soliev

Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo'jaev 73, Davron Hoshimov 85,

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia