Superliga. Bugun Toshkentda ajoyib uchrashuv bo'lib o'tadi

Khoja
5 avg 2025, 07:34
Bugun Superliganing 17-tur bahslariga start beriladi.

Toshkentda "Paxtakor" va OKMK o'zaro bahs olib boradi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida olmaliq jamoasi g'alaba qozongandi.

Ayni vaqtda OKMK turnir jadvalida 30 ochko bilan to'rtinchi o'rinda ketmoqda. "Sherlar"ning hisobida esa 29 ta ochko bor. Ular turnir jadvalining 6-pog'onasidan joy olishgan.

Superliga

17-tur

"Paxtakor" – OKMK

05.08.2025, 20:00

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Shohruh A'zamov

Komissar: Shahzod Xolboev

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia