

Superliga, 12-tur
ANDIJON - AGMK
22 iyun 2019 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.
Safarda umuman ochko ololmagan AGMK bu tur Andijonda mehmon bo'ladi.
"Andijon" bu mavsum olti o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti (4 durang va 2 mag'lubiyat). AGMKning g'alabasiz seriyasi esa to'rtta o'yinga etdi (1 durang va 3 mag'lubiyat).
Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida shu kunga qadar o'zaro 16ta o'yin o'tkazishgan. 9 bor Olmaliq, 4 bor Andijon shahri jamoasi zafar quchgan. Qolgan uchta tomonlar g'olibni aniqlay olishmagan.
Qatorasiga 8ta uchrashuvdan buyon "Andijon" bu jamoani yuta olmayapti. So'nggi marta "burgutlar" 2011 yilgi mavsumda AGMKni mag'lub etishgan ekan.
SO'G'DIYONA – QO'QON-1912
22 iyun 2019 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:30.
Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Aleksandr Burov, Ilya Ilin.
Nazoratchi: Rashid Aytekov.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
Bu mavsum bosh murabbiy iste'foga chiqarilgan ikki klub o'rtasidagi bahs.
"So'g'diyona"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 4ta o'yinga etdi (3 g'alaba va 1 durang). "Qo'qon-1912" hamon mavsumda eng ko'p gol o'tkazgan klub bo'lib turibdi - 24ta. Jamoa oltita o'yindan buyon hech kimni yuta olmayapti (2 durang, 4 mag'lubiyat).
Shu kunga qadar o'tgan o'zaro 26ta o'yinning 12tasida jizzaxliklar muvaffaqiyat qozonishgan, 8 uchrashuvda qo'qonliklarnig qo'li baland kelgan. Yana oltita bahsda tomonlar "murosa ko'chasini" tanlashgan.
"So'g'diyona" o'z maydonida hech qachon "Qo'qon-1912"ga yutqazmagan - 10ta g'alaba va 3ta durang.



