Superliga-2022. "Olimpik"ning 3ta o'yini boshqa kunga ko'chiriladimi?

Narzulla Saydullayev
1 mar 2022, 19:16
Bugun O'FA 2022 yilgi mavsumdan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasining yillik rejasi ham taqdim etildi.

Unga ko'ra, ushbu terma jamoa 16-31 may kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishi va 2ta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi ma'lum qilindi.

Qizig'i taqvimga ko'ra, "Olimpik" klubi 16, 22 va 27 may kunlari Superliga doirasidagi o'yinlarni o'tkazishi kerak. Juda katta ehtimol bilan ushbu o'yinlarning uchalasi qoldiriladi.

Ma'lumot uchun, 1 iyun kuni O'zbekiston U-23 terma jamoasi yurtimizda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.


9-tur
16 may

Olimpik - Lokomotiv

10-tur
22 may

Olimpik - Navbahor

11-tur
27 may

Metallurg - Olimpik


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia