Superliga-2021. Gol+pas bo'yicha yetakchilar kim?

Narzulla Saydullayev
8 noya 2021, 14:47
2021 yilgi Superliga yakuniga yetib bormoqda.

"Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheran 22ta o'yinda raqiblar darvozasiga 16ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

"Lokomotiv" to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov 21ta uchrashuvda 12ta to'p kiritdi hamda 2ta assist amalga oshirdi.

"So'g'diyona" vakili Shohruz Norxonov 23ta bahsda qatnashdi va 9ta gol urib, 3ta golli pas berdi.

"Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev 22ta uchrashuvda 10ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

Shuningdek, Elguja Grigalashvili, Xurshid G'iyosov , Azizbek Amonov va Sherzod Nasrullaevda gol+pas tizimida 10 ball bor.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia