Superliga: 20-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 11:05
PFL Superliga o'yinlarini namoyish qilib kelayotgan “Sport” telekanali bilan kelishgan holda 20-tur o'yinlari boshlanish vaqtlariga oydinlik kiritdi.

Unga ko'ra, 20-tur doirasidan o'rin olgan bellashuvlar quyidagi vaqtlarda start oladi:

Superliga / 20-tur
1 avgust, chorshanba

19:00   So'g'diyona - Nasaf
20:00   AGMK - Qizilqum
21:00   Paxtakor - Lokomotiv
 
2 avgust, payshanba
19:00   Neftchi - Navbahor
20:00   Buxoro - Metallurg
21:00   Bunyodkor - Qo'qon-1912
 
Mazkur tur yakuniga etganidan so'ng 21 hamda 22-tur bellashuvlarining aniq sanalari va boshlanish vaqtlariga oydinlik kiritiladi. Boisi, bir-biriga o'zaro principial bo'lgan jamoalarning bellashuvlari so'nggi ikki turda bir vaqtda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz