Superliga. 16-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqti

Narzulla Saydullayev
5 avg 2019, 14:59
Mazkur tur doirasidagi “Navbahor” - AGMK o'yini 11 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

Har ikki jamoada o'z vaqtida “Paxtakor” tarkibida to'p surgan qator mutaxassislar faoliyat olib boradi. Ularning “Paxtakor-79” xotira kechasida ishtirok etish rejalaridan kelib chiqib, ikki klub o'zaro kelishgani holda uchrashuvni bir kun avvalroqqa surishni so'radi. Xat reglamentda ko'rsatilgan muddatgacha yozilgani, “Sport” telekanali hali o'z dasturlari rejasini tasdiqlab ulgurmagani, shuningdek, mazkur o'yinning ko'chishi xavfsizlik va boshqa masalalarda O'zPFLga noqulaylik tug'dirmasligidan kelib chiqib, uchrashuv vaqti o'zgartirildi.

Qolgan uchrashuvlar o'z vaqtida o'tadi. Quyida “Sport” telekanalining translyatsiyalar masalasidagi rejasi bilan tanishib olishingiz mumkin.

10 avgust, shanba
18:00 SURXON - LOKOMOTIV Sport telekanali LIVE
18:00 DINAMO - QO'QON-1912 Mahalla telekanali LIVE
20:00 NAVBAHOR - AGMK Mahalla telekanali LIVE
20:00 PAXTAKOR - BUXORO Sport telekanali LIVE

11 avgust, yakshanba
20:00 METALLURG - ANDIJON Mahalla telekanali LIVE
20:00 SO'G'DIYONA - QIZILQUM
20:00 NASAF - BUNYODKOR


Taqvim ishlab chiqilayotgan vaqtda Qurbon hayitining tahminan 12 avgust sanasiga to'g'ri kelishi ko'zda tutilgandi. Hayit bayramining bir kun ertaroq nishonlanishi sabab, 16-turning uch o'yini shu kunga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz