Superkubok. "Bunyodkor" stadionidan eksklyuziv suratlar

Omonjon To`xtamirzayev
29 may 2024
Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Yana ikki soatdan kamroq vaqtdan keyin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin start oladi. Bosh sovrin uchun "Paxtakor" va "Nasaf" klublari kuch sinashadi.

"Championat.asia" muxbiri Jahongir Fayzullaev stadiondan eksklyuziv fotosuratlarni e'tiboringizga taqdim etadi. 




O'zPFLdan yangicha yondashuv: Amerika sport turlarida ommalashgan maydondagi maxsus mehmon o'rindiqlari o'zbek futboliga ham kirib kelmoqda. 



"Sport TV" ijodiy guruhi ham stadionda va o'yinga tayyor. Eslatib o'tamiz, bugungi bahsni "Sport" telekanali birinchi bor 8 ta kamerada translyatsiya qilishni rejalashtirgan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia