Superkompyuter La liga favoritlari nomini e'lon qildi

Khoja
12 avg 2025, 08:50
Juma kuni La liganing yangi mavsumiga start beriladi.

Opta Sports superkompyuteri yangi mavsum oldidan o'z bashoratlarini e'lon qildi. Nashrning xabar berishicha, yangi mavsum Ispaniya chempionligiga asosiy da'vogar - "Barselona" nomi keltirilgan. Kataloniyaliklarning chempionlik uchun imkoniyatlari 46,5 foizga baholangan. 

"Real Madrid"ning chempionligiga 32,1 foiz berilgan. Chempionlik uchun uchinchi da'vogar sifatida "Atletiko M" ko'rsatilgan. Madrid jamoasining imkoniyatlari 11,7 foizga baholangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta Sports