Sulsher: "Senda Ronaldu bo'lsa, imkoniyat doimo saqlanib qoladi"

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Vilyareal"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mana "Old Trafford"da nimalar bo'ladi. Oldinlari ham bunday ishlar bo'lgan. Biz va-bankka bordik va yakunda omadimiz keldi. 

Bu jamoaga qarshi o'ynash va g'alaba qozonish qiyin. Juda qiyin bo'ldi, chunki biz uydagi o'yinda faqat g'alaba qozonmoqchi edik. 

Bazida barchasi to'p oshirishlarga emas, ommaning qo'llab-quvvatlashiga bog'liq bo'ladi. Jamoangda Ronaldu bo'lsa, imkoniyat doimo saqlanib qoladi. U har bir futbolchi o'yiniga ta’sir ko'rsata oladi", - dedi Sulsher. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA