Sulsher: "Ronaldu va Fernandesh birlashishi kerak"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021, 00:06
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Ushbu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu va Jessi Lingard "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirgan gollarga mualliflik qildi.

"Bruno va Krishtianu birgalikda harakat qilishi kerak. Ronalduning statistikasi meni ajablantirmaydi, u o'z uslubida to'p surmoqda. Lingard uchun juda xursandman. "Yang Boyz" bilan o'yindan keyin unga qiyin bo'ldi, biroq bugun u hammasiga javob qaytardi", - deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLning 5 turidan so'ng 13 ochko to'plab, "Liverpul" bilan birinchi va ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Keyingi turda Sulsher shogirdlari o'z uyida "Aston Villa" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com