Sulsher: "Real" bizning ustimizdan kulmasin"

Mirjalol Normatov
22 sen 2019
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning jamoani tark etishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.

"Real" prezidenti Pol Pogba borasida nima deyayotgani men uchun qiziq emas. Pogbaning kelajagi borasida qayg'urmaganman va qayg'urmayman ham. Agarda u borasida yanvarda yana muzokaralar boshlansa bundan xayron bo'lmayman. "Real" bizning ustimizdan kulmasin. Agarda ular yana spekulciya qilishsa, biz yozdagi kabi ular bilan gaplashamiz.

Pol kyetmaydi, u chin dildan harakat qilmoqda va klubga sodiq. Uning o'zgacha xarakteri bor va o'ziga ishonadi. Bizga shunday futbolchilar kerak. MYUda o'ynash uchun asosiy figura bo'lish lozim", - dedi Sulsher


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal