Sulsher MYUga yangi sardor tayinladi

Alisher
17 yanv 2020, 16:30
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher jamoaga yangi sardor tayinladi.

Bu haqda MYU ustozi Ole Gunnar Sulsher APL 23-tur doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan aytib o'tdi.

"Qizil iblislar"ning yangi sardori - Xarri Maguayr. Jamoaning bundan oldingi sardori Eshli Yang edi, ammo u tez orada "Inter" futbolchisiga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ga 2019 yilda "Lester"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail