Sulolaning yangi vakili: Petr Chexning o'g'li "Fulxem" bilan birinchi shartnomasini tuzdi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025, 17:47
"Chelsi", "Arsenal" va Chexiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Petr Chexning o'g'li Damin Chex "Fulxem" bilan bitim imzoladi.

Yosh darvozabon 2027 yilning yoziga qadar amalda bo'ladigan shartnoma imzoladi. Damian quvonchli yangilikni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi.

"Fulxem" bilan tuzilgan shartnoma uning professional faoliyatidagi dastlabki kelishuvi bo'ldi. Londonliklar 2024/25 yilgi mavsum Premer-ligada 11-o'rinni egalladi va Angliya Kubogining chorak final bosqichiga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard