Feruz Boboqulovning o'yinda kiritgan yagona goli buxoroliklarga qimmatli uch ochkoni keltirdi. Uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Suhrob Ne'matovdan blic-intervyu oldik.
- "Neftchi" bilan o'yin chempionatning ochilish bahsi bo'lgani uchun ham ilk uchrashuvda muxlislarimizni faqat g'alaba bilan xursand qilishimiz kerak edi. Buni juda yaxshi his etgandik. Xudoga shukur, o'z maydonimizda chempionatni omadli boshladik deya gap boshladi Suhrob Ne'matov.
- Bilasizmi shu kuni maydonning xolati har ikkala jamoaga ham pand berdi. Chunki bunday maydonda kombinacion o'yin namoyish etib bo'lmasdi. To'pni nazorat qilish ham oson emas. Shu bois tashabbus to'liqligicha bir jamoa tomonida bo'ldi deb bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda, teng kurashlar ostida kechgan bahsda Buxoro g'alaba qozondi.
- "Neftchi"ning ham o'yini yomon taassurot qoldirmadi. Bu jamoa tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina. Yangitdan shakllantirilgan klub keyingi turlarda o'zini ko'rsatadi deb o'ylayman.
- Keyingi turni yana o'z maydonimizda o'tkazamiz. Endi bu safar "Navbahor"ni qabul qilamiz. Bo'lajak ham biz uchun oson kechmasligi turgan gap. Lekin biz shunga qaramay faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- O'zingizga yaxshi ma'lumki, "Buxoro" tarkibi ham bu yil deryali yangitdan shakllantirildi. Hozircha futbolchilar bilan bir-birimizni to'liq tushunib ketdik deyish qiyin. Bu vaqtinchalik xolat menimcha. Chunki o'yindan-o'yinga murabbiyimiz istayotgan darajaga chiqamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.