Subisareta Luis Enrike bilan muzokara o'tkazdi

Aziz Tukhtamuradov
5 may 2014, 20:27
"Barselona" sport direktori Andoni Subisarreta "Selta" bosh murabbiyi Luis Enrike bilan muzokara o'tkazdi.

Kataloniya matbuotining xabar qilishicha, tomonlar 43 yoshli murabbiyning "Kamp Nou"ga o'tishi borasida muzokara o'tkazishadi.

Shu tariqa, "Barselona"ning hozirgi murabbiyi Xerardo Martino mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etadi.

Kataloniya jamoasida Enrikega yordamchi etib, Karles Puyol tayinlanishi mumkin.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru