Suares va Vidal bugungi o'yinda qatnashmaydi, ular jamoadan ketishga yaqin

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 14:49
"Barselona" hujumchisi Luis Suares hamda xavbeki Arturo Vidal bugun bo'ladigan "Ximnastik"ka qarshi sinov-nazorat o'yinida qatnashmaydi.

"RAC1" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati ushbu futbolchilarni sotib yuborish borasida ishlarni davom ettirmoqda. Urugvaylikka "Yuventus" hamda "Atletiko" da'vogarlik qilayotgan bo'lsa, Vidal "Inter"ga o'tishi kutilmoqda. Chililik futbolchi ketishi uchun "Barselona"dan tovon pulini so'ramayapti. Uning shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etishi kerak edi.

"Barselona" – "Ximnastik" uchrashuvi bugun 22:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RAC1