Suares qachon maydonga qaytishini aytdi

Eldor Akmurzayev
11 may 2019, 23:50
Jarroxlik amaliyotini o'tkazgan Barselona forvardi Luis Suares qachon safga qaytishini ma'lum qildi.

U yaqinlashayotgan Amerika Kubogi musobaqasida Urugvayga yordam berishni xohlamoqda. Shifokorlarning tibbiy xulosasiga ko'ra Suares 4-6 haftani lazaretda o'tkazadi.

Hammasi yaxshi bo'ladi. Bir oydan keyin qaytaman. Bu jaroxat 2017-yildagidek emas. Hozirgisi nisbatan engilroq, – deya qayd etgan futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Pais