Suares Neymarning "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 12:39
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning fikricha, uning sobiq jamoadoshi Neymar "Real"ga o'tmaydi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda PSJ sharafini himoya qilayotgan braziliyalikka "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres qiziqish bildirmoqda.

"Neymarni "Real"ga o'tishiga ishonmayman. Uni bilganim uchun shunday deyapman. U "Barselona" va do'stlari bilan faxrlanardi. Neymar - katta odam va har bir qadami uchun o'ziga hisobot beradi. Unda boshqa chaqiruvlar bo'lganini qabul qilishimiz kerak" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca