Suares intervyuda bir sirni oshkor qildi

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 14:23
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Real"ga qarshi bahsdan so'ng "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning Kataloniya klubiga o'tishi haqida ishonch bilan gapirdi.

"Barselona"ga Antuan, Dembele va Koutino darajasidagi futbolchilar kelishidan faxrlanamiz.

Grizmann ancha yillardan beri yuqori saviyada to'p tepmoqda. U "Atletiko"ning muhim futbolchilaridan biri.

Antuan jamoaga kimningdir o'rnini egallash uchun kelmaydi. U sovrin yutish uchun bizga o'tyapti" - deydi Suares.

Grizmann joriy mavsum LaLiganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 19ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Rincon