Suares "Espanol"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2016, 15:49
"Barselona"ning "Espanol"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 final ikkinchi uchrashuvi uchun qaydnomasi e'lon qilindi.

Qaydnomadan urugvaylik hujumchi Luis Suares joy olmagan.

To'liq tarkib:

Ter Shtegen, Masip, Pike, Rakitich, Buskets, Dani Alves, Arda Turan, Inesta, Messi, Neymar, Mark Bartra, Maskerano, Munir, Serxi Roberto, Adriano, Aleyks Vidal, Vermalen va Matyo.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 4:1 hisobida yakunlangan edi. Navbatdagi uchrashuv 13 yanvardan 14 yanvarga o'tar kechasi soat 01:00da "Espanol" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FCBarcelona