Suares: "Barselona" faqat Messiga o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2014, 13:44
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning takidlashicha, u o'zini ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messi bilan yaxshi his qilmoqda.

Bundan tashqari, Suares jamoa faqat Messi uchun o'ynashini rad etdi.

"Biz faqat Messi uchun o'ynamaymiz. "Barselona"da uchrashuv taqdirini hal qila oladigan Messi, Inesta va Neymar kabi futbolchilar bor. Ular to'pga egalik qilganda, o'zingi ishonchli his qilasan" - deydi Suares.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com