Suares "Atletiko" bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Klub oldin Kostani sotishi kerak

Alisher
21 sen 2020, 17:14
"Barselona" forvardi Luis Suares faolitini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi madridliklar bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Barsa" Suaresga shartnoma buzilishi ortidan 7 million evro taklif qilmoqda, ammo Luis yillik - 14 million evro maoshini butunligicha olmoqchi.

Shuningdek, "Atletiko" ushbu transferni amalga oshirish uchun forvard Diego Kostani sotishi kerak. Bu orqali maoshlar miqdori kamaytiriladi (Kosta 8 mln evro atrofida maosh olmoqda).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo