Suares 2013 yilda "Arsenal"ga o'tishi mumkin edi: "O'shanda Jerrard menga jamoada qol, yirik klublardan taklif olasan degandi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2025, 13:57
Luis Suares "Liverpul"dan "Arsenal"ga o'tishi mumkin bo'lgani haqida aytib berdi.

"2013 yilda men "Arsenal"ga o'tmoqchi edim, chunki ular har yili Chempionlar ligasida ishtirok etishardi. Ular men uchun katta pul to'lashga tayyor edilar, lekin Angliyada "Liverpul"dan "Arsenal"ga o'tish yaxshi g'oya emas deb hisoblanardi.  

Bir kuni Jerrard menga kelib shunday dedi: Quloq sol, bir paytlar men "Real"ga yoki boshqa klubga o'tishim mumkin edi. Hozir sen uchun eng yaxshi qaror – qolish va "Arsenal"ga o'tmaslik. Qol, keyingi yili "Barselona", "Real" yoki "Bavariya" kabi katta klublardan taklif olasan – o'shanda qaror qabul qilasan, lekin "Arsenal"ga o'tma. Oldinda yana bir mavsum bor".  

Men hamisha "Barsa"da o'ynashni orzu qilardim. "Barselona" bilan shartnoma imzolaganimda, bu orzuimning amalga oshishi edi", – dedi "Inter Mayami" hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo