37 yoshli mutaxassis Spalettiga o'smirlar futbolidan ketish haqida bergan maslahati uchun unga minnatdorchilik bildirdi. Uning bu maslahati Andrea faoliyatida katta burilish yasadi.
"Spaletti men ishini kuzatgan birinchi buyuk murabbiy. "Roma"da u bilan ishlaganimizda men undan ko'p narsalarni o'rganishga urinardim. U har doim yordam berishga tayyor va ko'ngli ochiq bo'lgan. Uning ish uslubi menga juda yaqin edi: maslahatlar, o'tkir g'oyalar. Men undan qarzdorman. O'zaro aloqalarimiz juda yaxshi edi. Hatto hozirgacha ham u bilan qo'ng'iroqlashib turamiz". "O'smirlar o'rtasidagi to'rtinchi chempionatimni yakunlaganimdan so'ng, nimanidir o'zgartirishim vaqti etganini aytgandi. U haq bo'lib qichdi. Chunki shundan keyin mening faoliyatim yaxshi tomonga o'zgarib ketdi", dedi Stramachchoni.