Stramachchoni Real mashg'ulotlariga tashrif buyurdi

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2013, 15:52
Inter klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni ishsiz qolgach tajribali murabbiylardan bilmaganlarini o'rganmoqda.
Juma kuni 37 yoshli murabbiy Real mashg'ulotlariga tashrif buyurdi va madridliklar ustozi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi.

Yaqin orada Stramachchoni Manchester Siti mashg'ulotlariga ham bormoqchi.

Oldinroq murabbiyga Jenoa qiziqayotgandi.

Stramachchoni boshchiligida Inter Italiya A seriyasida mavsumni 9-o'rinda tugatdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru