Stoichkov "Real" ustidan kuldi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2016, 18:14
"Barselona" sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov "Real" ustidan kulish imkoniyatini qo'ldan boy bermadi.

Stoichkov "qaymoqranglilar"ning Ispaniya chempionatidagi so'nggi natijalari haqida gapirdi.

"Sakkiz yil ichida bitta chempionlik sovrinidan xursand bo'lish uchun ahmoq bo'lish kerak. "Barselona" bu mavsumda ham chempion bo'ladi, bunga shubha qilmayman.

Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman, chunki Begiristayn - mening do'stim" - deydi Stoichkov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero