
“Xall”ning har bir o'yinchisidan tortib rahbariyatigacha, Boxing Day kuni bo'lib o'tadigan “Manchester Yunayted” ga qarshi o'yinni kutayapti.
O'yin ushbu ajoyib kunga to'g'ri kelib qolgani yaxshi bo'ldi. Angliya chempionlari bilan o'ynash biz uchun sharaf.
Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. “Liverpul”ga qarshi qanday o'yin ko'rsatgan bo'lsak, “Yunayted”ga qarshi ham shunday o'ynaymiz”, - deydi Bryus.