Sterling "Chelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tdi, u AQSHdagi turne davomida rasman tanishtiriladi

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2022, 07:12
"Manchester Siti" futbolchisi Raxim Sterling "Chelsi"ga o'tishga yaqin.

27 yoshli angliyalik futbolchi London klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi. 

Ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" futbolchini AQSHdagi turne davomida Los-Anjelesda tanishtiradi. 

Avvalroq, "aristokratlar" futbolchi uchun 47,5 million funt va 2,5 million funt bonus to'lashlari ma'lum bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano