Stekelenburg "Xall Siti"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2016, 11:16
"Everton" darvozaboni Marten Stekelenburg jarohatidan to'liq qutulgani yo'q.
Gollandiyalik "Liverpul"ga qarshi o'yin (0:1)ning oxirlarida oyog'idan jarohat olgan edi. U "Lester" qarshi o'yin (2:0)ni o'tkazib yubordi. Uning o'rniga darvozada Xoel Robles turdi.

Matbuot anjumanida "irislar" bosh murabbiyi Ronald Kuman Stekelenburgning juma kuni "Xall"ga qarshi o'yinga qadar tiklanishga ulgurmasligini aytib o'tdi.

Marten "Everton"ning birinchi raqamli posboni hisoblanadi. U bu mavsum chempionatda 16ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcupdate.nl