Starrij: "O'zimni faqatgina "Liverpul"da tasavvur qilaman"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018, 12:50
"Liverpul" forvardi Daniel Starrij yangi mavsumda jamoasida qattiq raqobat qilmoqchi.

"O'zimni faqatgina "Liverpul" liboslarida tasavvur qila olaman. Umid qilamanki, yangi mavsumda jamoaning ajralmas bo'lagiga aylanaman. Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, shu boisdan o'z ishimga sidqidillik bilan yondashib, jismoniy holatimni yanada yaxshilashim kerak. Yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapman", - dedi futbolchi.

Starrij qishda "Vest Bromvich"ga ijaraga berilgandi. Biroq u ushbu jamoada gollar kirita olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror