"Aston Villa" Starrij bilan muzokara o'tkazmoqda

30 yanv 2020, 00:27
"Trabzonspor" hujumchisi Daniel Starrij APLga qaytishi mumkin.

"Talksport" xabariga ko'ra, "Aston Villa" 30 yoshli forvard bilan allaqachon shartnoma borasidagi muzokaralarni boshlab yuborgan. Ingliz klubi "Trabzonspor"ga Starrij uchun 4,2 mln funt taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, u turk klubi safiga o'tgan yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Hujumchi "Trabzonspor" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 4 marta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Talksport