Srechko Katanets qachon Qatarga yetib borishi ma'lum

Khoja
10 noya 2024
Ertadan O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bahslarining navbatdagi turi oldidan Qatarda yig'inga kirishadi.

Bugun terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets Qatarga yetib boradi va bo'lajak uchrashuvlarga jamoani o'zi tayyorlaydi.

Shuningdek, bugun Lans klubi himoyachi Abduqodir Husanov ham Qatarga yetib keladi.

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets oktyabr oyidagi uchrashuvlarda sog'lig'idagi muammolar sababli terma jamoamiz bilan birga emasdi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 14 noyabr kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia