Sport.es: Aguero Messi bilan to'p tepish uchun Barselonaga o'tmoqchi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2013, 08:33
Barselona hamon Manchester Siti hujumchisi Serxio Agueroni sotib olmoqchi.
Kataloniya klubi vakillari 25 yoshli argentinalik futbolchining vakillari bilan muzokara olib borishmoqda.

Aguero milliy termadagi jamoadoshi Lionel Messi bilan to'p tepish uchun Ispaniya klubiga o'tishga qarshi emas, deb xabar bermoqda Sport.es.

Eslatib o'tamiz, Agueroga Real ham qiziqmoqda.

Bu mavsumda futbolchi APLning 12ta o'yinida 10ta gol urdi va 6ta golli pas oshirdi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru