"Sport TV" Xitoyda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatini namoyish etadi

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2018, 16:06
9 yanvar kuni Xitoyda U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi.

"Sport TV" Osiyo chempionati U-23ni namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilindi.

Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz ertaga Xitoyga jo'nab ketadi. "Sport TV" musobaqaning barcha o'yinlarini namoyish etishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi ushbu musobaqada mezbon Xitoy, Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o'tkazishadi:

09.01.2018, 16:30. Qatar - O'zbekiston

12.01.2018, 13:00. O'zbekiston - Xitoy

15.01.2018, 13:00. Ummon - O'zbekiston

*O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia