SPORT TV OCHL-2016 qur'a tashlash marosimini jonli namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2015, 10:52
Bugun 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, SPORT telekanali qur'a tashlash marosimini to'g'ridan-to'g'ri namoyish etadi. Osiyo chempionlar ligasiga qur'a tashlash jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekistondan OCHL-2016da to'rtta klub ishtirok etadi. "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari guruh bosqichida, "Bunyodkor" esa pley-offda qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia