
"Sport" telekanali ayni vaqtda Yevropa kuchli beshligiga kiruvchi chempionatlardan translyatsiyalarni amalga oshira olmayotganidan xabaringiz bor. Ko'pchilik muxlislarning talab va istaklari inobatga olingan holda va ishqibozlarning Yevropa futboliga oid xabarlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kanal hodimlari "Evro-taym" nomli dasturni yo'lga qo'yishdi.
Unda Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya chempionatlarining sharhlari, video lavhalar bilan boyitilib, yoritib beriladi.
Ko'rsatuvning ilk soni bugun 20:35da efir yuzini ko'radi.