"Spartak" tvittyerda o'zbek tilidagi rasmiy sahifasini ochdi

Alisher
23 sen 2020, 17:52
"Qizil-oqlar" o'zbek muxlislari uchun tvittyerda yangi sahifa ochishdi.

Bunga qadar Moskva klubining tvittyerda rus tilidan tashqari ingliz va ispan tilidagi sahifalari mavjud edi. "Spartak" endi o'zbek muxlislari uchun tvittyerda rasmiy sahifasini ochdi.

Ushbu sahifadagi ilk tvitda jamoa xavbeki, Oston O'runov barcha o'zbekistonliklarga salom yo'llagan, shuningdek "Spartak" va o'zi haqidagi yangiliklarni ushbu sahifada o'qish mumkinligini aytgan.

"Spartak-Moskva"ning tvittyerdagi o'zbek tilida ochilgan rasmiy sahifasi → https://twitter.com/fcsm_uz

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia