“Spartak” joriy mavsumda ilk marta qatorasiga uchta bahsda g'alabaga erishdi

19 may 2019, 08:28
Rossiya premer ligasining 29-turida “Spartak” o'z maydonida “Krilya Sovetov”dan (2:1) ustun keldi.

Oleg Kononov jamoasi bu bilan qatorasiga uchinchi g'alabasini tantana qildi. Bu kabi g'alabali seriyaga joriy mavsumda ilk marta erishishdi.

Mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida “Spartak” turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasini band etgan.Ular “Krasnodar”dan bir, “Lokomotiv”dan uch ochko ortda qolishmoqda. Ushbu jamoalar hisobida bittadan zaxira o'yini mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru