

“Eng yaxshi xabarni Jozedan oldim. Uning yozishicha, “Inter” uning yuragida muhrlangan ekan. U menga barcha yaxshi tilaklarni bildirdi va jamoani hech qachon unumasligini ta'kidladi”, deydi Spaletti.
Mourinyo 2008-2010 yillarda “Inter”ni boshqargan. Spaletti yaqindagina ushbu jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi.



