So'nggi turlarda Aliqulovni zaxiraga "mixlab" qo'ygan murabbiy iste'foga chiqdi

Khoja
30 noya 2025, 09:18
Turkiya Superligasi 14-tur doirasidagi "Rizespor" - "Kayserispor" o'yini bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar mag'lub bo'lishdi. Uchrashuv yakunidan so'ng "Rizespor" bosh murabbiyi Ilhan Palut iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

Murabbiy 2023 yilning yozidan beri jamoada ishlab kelayotgandi. Jamoa joriy mavsum 14-turidan so'ng 14 ochko bilan turnir jadvalida 12-pog'onada ketmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoada O'zbekiston MTJ a'zosi Husniddin Aliqulov harakat qiladi. Himoyachi so'nggi 6 ta turda atigi bir daqiqa maydonda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com